O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmatiga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyevning onasi Sanoat aya Mirhodiyeva 85 yoshlarida vafot etdi. Marhuma 26-yanvar kuni soat 12:00 da so‘nggi manzilga kuzatiladi”, deyiladi xabarda.

Marhumaning yaqinlari, oila a’zolariga “Daryo” tahririyati nomidan hamdardlik bildiramiz.