Donald Tramp favqulodda holat e’lon qilsa, Meksika chegarasida devor qurishga 7 milliard dollar ajratiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Oq uy hozirda prezident Donald Trampning janubiy chegara bo‘ylab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi favqulodda deklaratsiya loyihasini tayyorlamoqda.
“AQShga har kuni noqonuniy ravishda kirib keladigan ko‘plab xorijlik fuqarolar mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita tahdid qiladi. Bu esa mamlakatda favqulodda holatni yuzaga keltiradi,” — deyiladi prezident deklaratsiyasi loyihasida.
Tramp hozircha favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmayapti. Ammo demokratlar bilan muzokaralar natija bermasa, buni amalga oshirishga tayyor ekanini aytgan.
Izoh (0)