Mark Sukerberg foydalanuvchilar muloqotda bir dasturdan boshqasiga o‘tmasligi uchun Instagram, WhatsApp va Messenger’ni birlashtirishni rejalashtirgan. Bu haqda The New York Times’ga tayanib, TJournal xabar berdi.

Foto: Google Images

Xizmatlar alohida ishlashda davom etadi. Sukerberg barcha dasturlar o‘zaro raqamlanishni qo‘llab-quvvatlashini istamoqda.

Loyiha hali dastlabki bosqichda bo‘lib, uning ustidagi ishni 2019-yilning oxiri yoki 2020-yilning boshida yakunlash rejalashtirilmoqda.