O‘zbekistonda 2018-yilda SMS-jo‘natmalar yordamida 50 ta hojatxona qurildi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
O‘tgan yilning fevral oyida O‘zbekiston tadbirkorlariga mamlakat bo‘ylab hojatxonalar qurish va ishga tushirish uchun katta imtiyozlar berilgan edi. Masalan, ular hojatxonalarni qurish uchun 100 million so‘mgacha soliq imtiyozini olishi mumkin.
Shundan so‘ng Davlat turizm qo‘mitasi hojatxonalar qurishni targ‘ibot qilish bo‘yicha keng kampaniya, jumladan ommaviy SMS-xabarlar jo‘natishni yo‘lga qo‘ydi. Bu amaliyot mahalliy blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazillarga ham sabab bo‘ldi. Shunga qaramasdan, bunday kampaniyaning natijalari yomon bo‘lmadi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili jami 462 ta hojatxona qurilgan.
Bundan tashqari, qo‘mita tomonidan sanitar-gigiyenik uzellarning holatini yaxshilash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rilmoqda.
Izoh (0)