Gruziya madaniy merosni saqlash milliy agentligi xachapuri taomiga mamlakat madaniy merosi maqomini berish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Korrespondent.net”

Agentlik rahbari Nikoloz Antidze imzolagan tegishli qarorda xachapuri “gruzin pazandalik madaniyatining tashrif qog‘ozi”ga aylangani, bunday maqom Gruziya madaniyati va milliy taomlarini ommalashtirishga yordam berishi ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda xachapurining 50 dan ortiq turi mavjud.