Uzbekistan Airways xalqaro tashuvchilar guruhida “2018-yilda Kolsovo aeroportining eng punktual aviakompaniyalari” reytingida yetakchilik qildi. Bu haqda kompaniyaning Telegram kanali xabar bermoqda.
Reytingdan joy olishda barcha tashuvchilar uchta guruhga ajratildi: reyslarni har kuni yoki bir kunda bir necha marta amalga oshirgan Rossiya aviakompaniyalari, Rossiyaning qolgan aviakompaniyalari va xorijiy tashuvchilar.
Jadvaldan 15 daqiqadan ortiq chetga chiqish (ob-havo sharoiti tufayli yuz berganlari bundan mustasno) kechikish deb tan olindi.
Izoh (0)