24-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 1/4 final bahslari doirasida dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Kunning birinchi uchrashuvida Vyetnam terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, yaponlar musobaqaning nimchorak finalida Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Navbatdagi uchrashuvda Xitoy termasi musobaqa favoritlaridan biri Eron terma jamoasi bilan kurash olib boradi. O‘yin 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Xitoy termasi Osiyo Kubogi 1/8 finalida Tailand ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongandi.

Osiyo Kubogi—2019

1/4 final bahslari

24-yanvar, payshanba

Vyetnam—Yaponiya 18:00

Xitoy—Eron 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!