Gernsi orollari politsiyasi bortida argentinalik futbolchi Emiliano Sala bo‘lgan samolyot yo‘qolgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini qaytadan yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.
Biz yuqoridan samolyotlarda qirg‘oq bo‘ylab qidirishni boshlaymiz. Qidiruv tadbiri Normand orollari hududida amalga oshiriladi, — deb xabar berildi Gernsi politsiyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.21-yanvar, dushanba kuni kechqurun argentinalik hujumchi Emiliano Sala “Nant” klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashib, “Kardiff” safiga qo‘shilish uchun Buyuk Britaniyaga uchadi.
Samolyot havoga ko‘tarilgandan 1-2 soat o‘tib, Normand orollari hududida radarda ko‘rinish bermay qoladi. Aviahalokat yuz bergani taxmin qilinib, u yerga qidiruv-qutqaruv guruhi yuboriladi. Qidiruv natijasida dengizdan metall qismlari topilgan. Ular samolyotning bo‘laklari bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.
Avvalroq u o‘tirgan samolyot “Kardiff” klubiga tegishli ekanligi va u texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lgani haqida xabar berildi. Ammo keyinchalik klubning samolyotga hech qanday aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)