Venesuelada tartibsizliklar va to‘qnashuvlar qurbonlari soni to‘rt kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga tayanib, Commercio nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
21-yanvar kuni Karakasda harbiylarning isyonga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Uning ishtirokchilari qo‘lga olingan. Biroq shaharning bir qator tumanlarida aholi isyonchilarni qo‘llab-quvvatlab, ommaviy namoyishlarga chiqa boshladi. Rasmiylar ularni tarqatish uchun kuch ishlatgan.
Karakasda namoyishning 16 yoshli ishtirokchisi o‘qdan yaralanib, halok bo‘ldi. Venesuela janubidagi Bolivar shtatida yana uch kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelada 21-yanvar kungi isyonda qatnashishga uringan 40 nafar harbiy qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)