O‘zbekistonda 2018-yil yakunlari bo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan tabiiy monopoliya subyektlari soni 10 ta mahsulot turi bo‘yicha 140 tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasining ma’lumotlarida so‘z yuritiladi, deb yozadi Spot.
2017-yil yakunlari bilan taqqoslaganda mamlakatda monopoliyalar soni sakkiztaga kamaygan.
2018-yil davomida reyestr bir necha marta o‘zgargan, jumladan, undan tabiiy gazni quvurlar orqali yetkazish sohasidagi bir nechta kompaniya o‘chirilgan, biroq yangilari kiritilgan.
Yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 406 ta murojaat ko‘rib chiqilib, asossiz hisoblangan 1,4 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
Izoh (0)