Belfastdagi Kvins Universiteti olimlari fermentlarning biomarkerlarini aniqlab beradigan universal testni yaratdi. U uy sharoitida odam va hayvonlardagi kasalliklarni va zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘rsatib beradi. Test foydalanish uchun qulay va arzon deb xabar beriladi universtitet saytida.
Olimlar oltin bo‘lakchalari asosida ferment biomarkerlari — proteazalarni taniydigan nanosensorni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Proteazalar mikroorganizmlarning o‘sishida va ko‘plab kasalliklarning rivojlanishiga hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Proteazalarni aniqlashning hozirgi zamonaviy usullari — qimmat , bajarilishi qiyin va har doim ham effektiv emas, deyishmoqda mualliflar.
Yaratilgan neyrosensorni har qanday maishiy sharoitda qo‘llash mumkin, natija esa 90 daqiqa ichida ko‘rinadi.
“Bizning ixtiromiz siydik va sutdagi proteazalarni aniqlashda tez va samarador usul hisoblanadi. Bundan tashqari, kelajakda boshqa ko‘plab kasalliklarning mustaqil diagnostikasi uchun uning imkoniyatlarini kengaytirish ehtimoli bor”, — deydi tadqiqotning bosh muallifi, professor Kuon Syao.
Test qanday ishlaydi?
Nanosensor o‘zida kazeinli himoya qobig‘ini saqlaydi, oltin bo‘lakchalariga esa tetrametilbenzidin qo‘shiladi. Agar biologik suyuqlikda proteazalar bor bo‘lsa, ular tashqi himoya qavatini “hazm” qilib yuboradi va nanobo‘lakchalar tashqi qismini qoplab oladi. Qisqa vaqt ichida oksidlanish jarayoni ro‘y beradi va natija rang o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Nanosensor uchun kerakli “ingrediyentlar” arzon va oson topiladi, deyishmoqda tadqiqotchilar, saqlashga bo‘lgan oddiy talablar esa uni arzon va uzoq muddat davomida qo‘llash mumkin bo‘lgan asbobga aylantiradi. Test katta diagnostik potensialga ega. Agar kazein molekulalari o‘rniga boshqa turdagi molekulalardan foydalanilsa, boshqa kasalliklarga ham mustaqil va kasallikning erta davrlarida diagnoz qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Misol uchun, nanobo‘lakchalarni lipidlar bilan qoplansa, lipazani aniqlash va pankreatit tashxisini qo‘yish mumkin.
Hozirda jamoa neyrosensor imkoniyatlarini kengaytirish ustida izlanishlar olib bormoqda. Tez orada ijobiy natijalar bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)