Shimoliy Koreya hududida raketa faoliyati bilan bog‘liq yana bir obyekt topildi. Pxenyan obyekt haqida ma’lum qilmagan. Bu haqda Beyond Parallel loyihasi xabar qilmoqda.
Ekspertlarning ma’lum qilishicha, KXDR Pxenyandan shimolda, qurolsizlantirilgan zonadan 212 kilometr masofada joylashgan Sinori raketa operatsion bazasi haqida hech qachon ma’lum qilmagan. U Strategik raketa qo‘shinlari raketa jamoasining shtab kvartirasi ekanligi ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilar 2018-yil 27-dekabr kungi sun’iy yo‘ldosh suratlarini o‘rganib chiqib, bazada yerosti bunkeri borligini aniqladi. Uni ikki boshqa obyekt — 1950 yoki 1960-yillarda asos solingan akademiya va mashq maydonchasi to‘ldiradi. O‘quv muassasasi avval artilleriya ofitserlarini tayyorlaganligi, oxirgi o‘n yillikda esa ballistik raketalarga ixtisoslashganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)