Sheremetyevo aeroportida bortida 80 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi. Bu haqda favqulodda xizmatlar vakili ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“Ostonadan qaytgan Boeing 737 Sheremetyevoga qo‘nish davomida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketgan”, — deydi agentlik suhbatdoshi.
U samolyot bortida 77 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligiga aniqlik kiritgan.
Samolyotga zarar yetmagan, hodisa vaziyatlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)