20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-tur bahslari doirasida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” jamoasi o‘z maydonida Simone Inzagi qo‘l ostidagi “Latsio” klubi bilan jang qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi (2:1).
1-bo‘limning 34-daqiqasida Xose Kalyexon Dris Mertens uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi (1:0). Oradan 3 daqiqa o‘tib, Arkadiush Milik hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi (2:0).
2-bo‘limning 65-daqiqasida “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Napoli” klubi “Latsio” ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
A Seriya
20-tur bahslari
20-yanvar, yakshanba
“Frosinone”—“Atalanta” 0:5
Gollar: 0:1 – 11 Manchini, 0:2 – 44 Banguera, 0:3 – 47 Banguera, 0:4 – 64 Banguera, 0:5 – 73 Banguera.“Fiorentina”—“Sampdoriya” 3:3
Gollar: 1:0 – 34 Muryel, 1:1 – 44 Ramires, 2:1 – 70 Muryel, 2:2 – Kvalyarella, 2:3 – Kvalyarella, 3:3 – 90 Pezzela.SPAL—“Bolonya” 1:1
Gollar: 0:1 – 24 Palasio, 1:1 – 64 Kurtich.“Kalyari”—“Empoli” 2:2
Gollar: 1:0 – 36 Pavoletti, 1:1 – 70 Di Lorenso, 1:2 – 81 Zayts, 2:2 – 90 Farias.“Napoli”—“Latsio” 2:1
Gollar: 1:0 – 34 Kalyexon, 2:0 – 37 Milik, 2:1 – 65 Immobile.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)