20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 20-tur bahslari doirasida “Barselona” hujumchisi Luis Suares “Leganes” darvozasiga bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (3:1).
Bu 31 yoshli hujumchi uchun “Barselona” tarkibidagi 167-goli bo‘ldi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda Kataloniya klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Barselona” klubining eng yaxshi to‘purari Lionel Messi hisoblandi. Uning hisobida 576 ta gol mavjud. Suares endi Josep Eskola bilan 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Eskola “Barselona” tarkibida o‘tgan asrning 30—40-yillarida to‘p surgan.
“Ko‘k-anor ranglilar”ning Top-5 to‘purarlari:
- Leo Messi — 576 ta gol
- Sezar — 232 ta gol
- Kubala — 194 ta gol
- Samitiyer — 184 ta gol
- Luis Suares — 167 ta gol
- Eskola — 167 ta gol
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)