Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu viloyatda ham fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
19-yanvar kuni Toshkent viloyatilik 64 nafar fuqaroga birinchilardan bo‘lib xorijga chiqish biometrik pasporti jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
— Shular qatorida yurtdoshlarimizga xorijga chiqish biometrik pasporti va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar ham berilmoqda, — deydi Toshkent viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurjov Meliqulov. — Ayni chog‘da hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolarda bu borada tug‘ilayotgan savol va masalalarga tezkorlik bilan hamda sifatli javob qaytarish ustuvor vazifamizga aylangan. Bu yo‘nalishga eng malakali mutaxassislarimiz jalb etilgan.