Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma kriptovalyutadan foydalanish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirilishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Dastlabki bosqichda transchegara kriptovalyutasi faqat banklararo operatsiyalarda qo‘llaniladi. Tajribaning asosiy maqsadlari blokcheyn texnologiyasidan foydalanish tushunchasini yaxshilash va yagona valyutaning monetar siyosatga ta’sirini o‘rganishdir.
Qo‘shma kriptovalyutani yaratish qarori Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi muvofiqlashtirish strategiyasi (2018-yilning boshida e’lon qilingan) doirasida qabul qilingan. Mazkur strategiya ikki mamlakatning chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va harbiy integratsiyasiga erishishga qaratilgan.
Izoh (0)