AQShning Konnektikut shtatidagi Lego Master Builders’da 18 kishi tomonidan Silverado’ning Lego nusxasi yig‘ildi. U Detroytda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro avtosalonda ommaga namoyish etildi, deb yozadi TJournal.

Foto: Chevrolet

Mashina nusxasi 1 300 kilogrammga yaqin, balandligi 182 santimetr atrofida, eni 243 santimetr.

Foto: Chevrolet

Lego nusxa ishchi faralarga ega va avtomobil originalining ko‘plab detallarini aniq takrorlaydi. Konstruksiyani yig‘ish uchun 2 mingga yaqin soat va 334 544 ta detal sarflandi.

Foto: Chevrolet

Foto: Chevrolet

Silverado nusxasi yaqinda ekranlarga chiqadigan “Lego: Film 2” munosabati bilan yig‘ilgan.

Foto: Chevrolet

Foto: Chevrolet

Lego bilan bunday tajriba birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q. 2018-yilda Bugatti Chiron’ning to‘liq o‘lchamdagi versiyasi yig‘ilgan edi. 2017-yilda esa Lego va Chevrolet kompaniyasi Lego filmining birinchi qismi sharafiga “Betmobil”ni yig‘gan edi.