Masomi arxitektura atelyesi Nigerdagi qadimgi Dandaji qishlog‘idagi tashlandiq masjid binosini nurab tushishidan saqlab qolish maqsadida uni kutubxona va ijtimoiy maydonga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Atelye asoschisining aytishicha, masjid qimmatli ahamiyatga ega bino ekanligini bilgan, qolaversa, loyiha muallifi bunday binoni qurgani uchun nufuzli professional mukofot olgan.
Masjidda ta’mirlash ishlari boshlanguncha u 20 yildan beri foydalanilmagan va bino nurashni boshlagan. Uni ta’mirlash ishlarida binoni qurgan arxitektor ham jalb etilgan. Rekonstruksiyada binoni qurishda foydalanilgan presslangan gruntdan tayyorlangan mahalliy g‘isht ishlatilgan. U ham arzon, ham mahalliy iqlimga moslashgan.
Masjid derazlarida oynalar yo‘q, barcha yoritish elementlari esa arzon va tezroq almashtirish maqsadida mahalliy bozorlardan sotib olingan.
Masjidning ichki qismi esa kitob javonlari yordamida tashkil etilgan. Javonlar o‘quv xonalari va kattalar uchun savodxonlik darslari o‘tiladigan xonalarni ajratib turadi.
Izoh (0)