Fransiyaning Gruau kompaniyasi va Jizzax viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonda avtomobillar modifikatsiyasi bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Gruau — vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan transport vositalarini modifikatsiya qilish bo‘yicha Yevropada yetakchi kompaniyalardan biri. Ular orasida tez yordam mashinalari, samosvallar, nogironlik aravachalari uchun moslashtirilgan transport vositalari, mikroavtobuslar, huquq-tartibot organlari transport vositalari va harorat boshqariluvchi minivenlar bor.
Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Fransiyada Gruau xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Silven Sene bilan uchrashdi.
Tomonlar Gruau rahbariyati “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishish uchun Jizzax viloyatiga tashrif buyurishi yuzasidan kelishuvga erishdi.
Izoh (0)