Detroyt avtosalonida ko‘rgazmaning eng yaxshi avtomobillari ma’lum qilindi. G‘oliblarni EyesOn Design’ning maxsus hakamlari tanladi. Hakamlar tarkibidan dunyo avtomobil olamining 30 nafar eng mashhur va nufuzli vakillari o‘rin oldi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Eng ko‘p mukofotni Infiniti QX Inspiration qo‘lga kiritdi. Mashina “Eng yaxshi konsept kar”, “Eng yaxshi interyer” hamda “Ranglar va materiallardan innovatsion foydalanish” nominatsiyalarida birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Ko‘rgazmaning eng yaxshi seriyali avtomobili sifatida Ford Mustang Shelby GT 500 e’tirof etildi. U brend tarixidagi eng kuchli model hisoblanadi. Mashina 5,2 litr sig‘imli kompressorli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 700 ot kuchiga ega.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

“Eng yaxshi yoritish texnikasi” nominatsiyasida Lexus LC konsept kabrioleti g‘olib bo‘ldi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”