16-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi 3-turi doirasida 4 uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
“C” guruhida Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushsa, Qirg‘iziston termasi Filippin bilan jang qiladi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 2 tur natijasiga ko‘ra, Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalarida 6 ochkodan mavjud va ular muddatidan avval pley-offga chiqqan. Bugun esa ular guruh g‘olibligi uchun kurash olib boradi.
“D” guruhi doirasida ham 2 ta o‘yin o‘tkaziladi. Eron terma jamoasi Iroq termasi bilan bellashsa, Vyetnam termasi Yaman terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlarga soat 21:00 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “D” guruhida ham “C” guruhi kabi vaziyat. Eron va Iroq termalari ham 6 ochkodan jamg‘argan. Ular ham bugun guruh g‘olibi nomini aniqlab beradi.
Osiyo Kubogi
3-tur bahslari
16-yanvar, chorshanba
“C” guruhi
Janubiy Koreya—Xitoy 18:30
Qirg‘iziston—Filippin 18:30
“D” guruhiVyetnam—Yaman 21:00
Eron—Iroq 21:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)