18-yanvar, juma kuni (Toshkent vaqti bilan 19-yanvar ertalab) Rio Olimpiadasi chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fazliddin mazkur jang oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Jangga tayyorgarlik yakunlandi. Mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Raqibim kutilmagan vaziyatlarni taqdim etadi, deb o‘ylamayman. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, jarohatim yo‘q. Ertaga vazn o‘lchash marosimi, bir kun o‘tib esa jang. O‘z g‘alabam bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman”, — deya bokschining so‘zlarini keltirmoqda MOQ matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Fazliddin professional boksda 6 marta ringga ko‘tarilgan va barchasida g‘alaba qozongan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 ta jang o‘tkazib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda esa mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda durang natija qayd etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)