Toshkentda yanvar oyi boshidan buyon 300 kishi xorijga chiqish pasportini oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Pasportlarni berish Toshkentning to‘rtta tumanida amalga oshirilmoqda, har kuni xorijga chiqish pasportini olish uchun 90 ga yaqin odam Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilmoqda.
O‘zbekistonda joriy yilning 1-yanvaridan chet elga chiqish uchun OVIR stikerlarini berish to‘xtatildi. Ularning o‘rniga xorijga chiqish pasporti joriy etildi. Yangi hujjatning 16 yoshdan katta shaxslar uchun “yaroqlilik muddati” — o‘n yil, stiker atigi ikki yil amal qilar edi. Bu chet elga tez-tez chiquvchi fuqarolarning hayotini ancha yengillashtiradi.
Shu tariqa mamlakat hududida pasportning ikki turi — ichki va chet elga chiqish uchun — xorijga chiqish pasporti amal qiladi.
Izoh (0)