Toshkentda barcha uchastka nozirlari “IIBB-phone” maxsus mobil telefoni bilan ta’minlandi. U identifikatsiya uchun bir qator ixtisoslashgan dasturlarga ega, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bugungi kunga kelib IIBBning mingdan ortiq xodimiga telefonlar taqdim etildi. Qurilma poytaxt huquq-tartibot organlari uchun maxsus tayyorlangan.
Telefon ma’lumotlarning elektron bazasiga ulangan to‘rtta dasturga ega bo‘lib, istalgan o‘zbekistonlikning shaxsini aniqlash, avtotransport vositalari raqamlarini olib qochganlik va jarimalarni to‘laganlik holatlari bo‘yicha tekshirish imkonini beradi. Shuningdek, u yopiq aloqa va maxsus Telegram-kanalga ulangan.
“Uchatka noziri telefonni tekshirilayotgan shaxsning yuziga olib borishi bilan u haqdagi to‘liq ma’lumotni oladi. Avtomobil raqamlari bilan ham xuddi shunday. Telefonning yana bir muhim funksiyasi — uchastka nozirining qayerda ekanligini kuzatish”, — deya ta’kidladi Toshkent IIBB rahbari Rustam Jo‘rayev.
Izoh (0)