Qo‘shiqchi Sevara Nazarxon o‘zining “2019” deb nomlangan yangi albomini taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Yopiq taqdimot 13-yanvarda Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. Sevara Nazarxonning so‘zlariga ko‘ra, bu safar u konsertni “kamerali” qilishga qaror qilgan.
Yangi albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlar raqslar va zalning panoramali derazalaridagi proyeksiyalar bilan birga ijro etilgan. Qo‘shiqchi kechani “Menga ham o‘rgating” nomli qo‘shig‘i bilan boshlagan.