O‘zbekiston va Germaniya qiymati 4 milliard dollardan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Kelishuv 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi doirasida imzolandi, deb yozadi O‘zA.
Kelishuv neft-gaz, neft-kimyo, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona qurilishi, investitsion-texnologik, bank-moliya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, biznes doiralar vakillari uchun qulay muloqot maydoniga aylangan anjumanda Germaniyaning Deutsche Bank, Commerzbank, Landesbank, KfW, AKA Bank kabi banklari bilan O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida mamlakatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida, shuningdek, YeTTB bilan umumiy qiymati 516 million dollarlik kelishuv imzolandi. U Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasi va energetikada yangi loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)