14-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqalarining 3-turining dastlabki 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston terma jamoasi Bahrayn termasi bilan jang qildi.
Bellashuvning so‘nggi daqiqalarida (90) Bahrayn yarim himoyachisi Jamol Rahmon penaltidan hindlar darvozasiga gol urdi va o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa sensatsion start olgan Hindiston termasi Bahraynga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Ikkinchi o‘yinda musobaqa mezboni BAA terma jamoasi Tailand termasi bilan durang natija qayd etdi va tomonlar 1 ochkoda bo‘lishib oldi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida (7) BAA hujumchisi Ahmad Mabhut hisobni ochgan bo‘lsa, 1-bo‘limning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda Tailand termasi a’zosi Thitipan Puangchan hisobni tenglashtirdi.
3 ta tur natijasiga ko‘ra, ushbu guruhdagi 3 ta jamoa (Hindistondan tashqari) pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Osiyo Kubogi—2019
“A” guruhi, 3-tur
14-yanvar, dushanba
Hindiston—Bahrayn 0:1
Gol: 0:1 — 90 Jamol Rahmon.BAA—Tailand 1:1
Gollar: 1:0 — 7 Mabhut, 1:1 — 41 Puangchan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)