13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “F” guruhidagi ilk bellashuvida Yaponiya termasi Ummon terma jamoasini kichik hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi va pley-offga muddatidan avval yo‘l oldi.
1-bo‘limning 28-daqiqasida Ummon terma jamoasi a’zosi qo‘pollik ishlatdi deb topgan uchrashuv bosh hakami arablar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi, uni esa Genki Haraguchi aniq amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi 2-turining “F” guruhidagi navbatdagi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti 21:00 da boshlanadi.
Shu tariqa musobaqada 2-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetadi.
Osiyo Kubogi—2019
“F” guruhi, 2-tur
13-yanvar, yakshanba
Ummon—Yaponiya 0:1
Gol: 0:1 – 28 Haraguchi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)