13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining so‘nggi uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Foto: O‘FA

“E” guruhining ikkinchi bellashuvida KXDR terma jamoasi Qatar termasi bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “E” guruhining birinchi uchrashuvida Saudiya Arabistoni Livan ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“F” guruhining dastlabki uchrashuvi Ummon va Yaponiya terma jamoalari qarshiligi ostida kechadi. Bellashuvga soat 18:30 da start beriladi.

“F” guruhidagi navbatdagi va turning oxirgi uchrashuvida Turkmaniston termasi Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi musobaqaning 1-turida Ummon terma jamoasini mag‘lub etib (2:1), Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshlagan edi.

Osiyo Kubogi

2-tur bahslari

13-yanvar, yakshanba

KXDR—Qatar 16:00

Ummon—Yaponiya 18:30

Turkmaniston—O‘zbekiston 21:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!