Xerefordshir grafligining Xereford shahrida har ming odamga giyohvand yoki alkogol iste’mol qilgan holda avtomobil boshqargan 2,3 kishi to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum bo‘lishicha o‘tgan yil bilan taqqoslaganda ushbu ko‘rsatkich Xerefordda 0,8 martaga o‘sgan. Cheshir grafligining Kru shahri 1,68 ko‘rsatkich bilan ikkinchi, Lankashir grafligidagi Blekpul shahri esa 1,68 ko‘rsatkich bilan uchinchi pog‘onadan joy.

O‘tgan yil ro‘yxatga boshchilik qilgan Tayn-end-Uir grafligidagi Sanderlend shahri bu yil mast haydovchilar reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi — faqat mingdan 1,62 kishi mast holda avtomobil boshqarganlikda aybdor deb topilgan.