12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-turi doirasida 5 ta uchrashuv yakunlandi.

Foto: Latestly

Ushbu turda joriy yilni mag‘lubiyat bilan boshlagan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi “Brayton” maydoniga safar qildi va kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0).

Bellashuvning 50-daqiqasida APL to‘purarlaridan biri Muhammad Saloh 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni ochdi.

Bu natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “qizillar” 3 ochkoga ega bo‘ldi.

APL

22-tur bahslari

12-yanvar, shanba

BraytonLiverpul0:1

Gol: 0:1 – 50 Saloh.

“Byornli”—“Fulhem” 2:1

Gollar: 0:1 – 2 Shyurrle, 1:1 – 20 Brayan, 2:1 – 23 Odua.

“Kardiff”—“Haddersfild” 0:0

“Kristal Pelas”—“Uotford” 1:2

Gollar: 1:0 – 38, avtogol, Ketkart, 1:1 – 67 Ketkart, 1:2 – 74 Kleverli.

“Lester”—“Sauthempton” 1:2

Gollar: 0:1 – 11 Uord-Prouz, 0:2 – Long, 1:2 – 58 Ndidi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!