Toshkent viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi bo‘lim-bo‘linmalari 10-yanvar kuni maxsus reyd amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan reydda e’tibor transport vositalarining texnik holati, gaz balloni va moslamalari, hujjatlari mavjudligiga qaratildi. Qoidalarga rioya qilmagan jami 194 nafar haydovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

45 ta holatda transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining navbatdagi sinov muddati o‘tib ketganligi yoki gaz balloniga tegishli xujjatlari yonida mavjud bo‘lmaganligi, 49 ta holatda transport vositasini texnik nosoz holda boshqarish, 12 ta holatda esa ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilmagan holda transport vositasini o‘zboshimchalik bilan qayta jihozlagan holda boshqarish, qolganlari esa boshqa ko‘rinishdagi qoidabuzarliklarni tashkil etadi.