Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Damashqning g‘arbiy va janubiy tumanlariga qarata uchirilgan raketalarni urib tushirdi. Bu haqda Syria TV telekanali xabar beradi.

Foto: AP

Harbiy doiralardagi manbaning ma’lum qilishicha, raketalar Livan bilan chegaradosh bo‘lgan hududlardan uchirilgan.

Isroil samolyotlari tomonidan uchirilgan bu raketalar asosan Damashq aeroportiga qaratilgan edi.