SpaceX kompaniyasi o‘z xodimlarining 10 foizini ishdan bo‘shatish niyatida, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Kompaniyada jami 6 ming xodim mavjud. Agar 10 foiz xodim ishdan bo‘shatilsa, bu 600 kishi ishsiz qoladi, degani.

Aniqlik kiritilishicha, xodimlar kompaniya prezidenti Gvinn Shotvelldan tegishli bildirishnoma xatini olgan.

Kompaniya prezidentining ma’lum qilishicha, ushbu qarorni qabul qilish rahbariyatga oson bo‘lmagan, lekin hozirgi sharoitda kompaniya yanada ixcham bo‘lishi kerak.