Ko‘chmas mulk sotib olgan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etiladi. Bu Prezidentning turizmni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonida ko‘zda tutilgan.

Foto: “Zarafshon”

Ushbu huquqni qo‘lga kiritish uchun ko‘chmas mulkka sarflanadigan summa hududlar bo‘yicha farqlanadi. Jumladan:

  • Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘chmas mulkni sotib olgan taqdirda beriladi.