Rossiyaning Irkutsk viloyatida yuk poyezdining 29 ta vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida Transsibir temir yo‘l magistrali yopib qo‘yildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Foto: Rossiya FVV

Ma’lum qilinishicha, ko‘mir ortilgan vagonlar izdan chiqib ketgan. 12-yanvar kuni yuz bergan voqea oqibatida temiryo‘lning 300 metrlik qoplamasiga zarar yetgan.

Falokatga uchragan poyezd sostavi jami 67 vagondan iborat bo‘lgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, voqeada hech kim jabrlanmagan.