12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “D” guruhidagi ikkinchi o‘yin ham o‘z yakuniga yetdi.

Foto: Getty Images

Iroq terma jamoasi Yaman termasiga qarshi maydonga tushib, raqibini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).

Birinchi bolimning 11-daqiqasida Husayn Ali raqib darvozasini ishgol qilib, hisobni ochdi (0:1). Oradan 8 daqiqa o‘tib, uning jamoadoshi Bashar Rasan hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Abbos 3-golga mualliflik qildi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa Iroq ham o‘z guruhida 6 ochko to‘plab, muddatidan avval pley-offga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning “D” guruhidagi birinchi bahsida Eron termasi Vyetnam terma jamoasi darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Osiyo Kubogi—2019

“D” guruhi, 2-tur

12-yanvar, shanba

Yaman—Iroq 0:3

Gollar: 0:1 – 11 Ali, 0:2 – 19 Rasan, 0:3 – 90 Abbas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!