Makedoniya parlamenti mamlakatning qayta nomlanishi uchun konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: Reuters

Tuzatmalar mamlakat nomlanishida “Makedoniya” so‘zi oldidan “Shimoliy” so‘zining qo‘shilishi, chegaralar o‘zgarmasligi va hududiy yaxlitlik kafolati hamda xorijda makedoniyaliklarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘zda tutadi.

Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayevga qonunni qabul qilish uchun yetarlicha sonda parlamentchilarni ko‘ndirish uchun 3 kun talab qilingan.

Endi hujjatni Makedoniya prezidenti George Ivanov imzolashi kerak.

Makedoniya o‘z nomini NATO va Yevropa Ittifoqiga kirish uchun o‘zgartirmoqchi.