Ajoyib form-faktor, ThinQ AI va Alpha 9 Gen 2 protsessori televizor tomosha qilishning umuman yangi shamoyilini belgilab bermoqda.

LG Electronics (LG) CES 2019 ko‘rgazmasida dunyodagi ilk aylanadigan OLED-televizorni taqdim etish orqali kelajak televizorlari davrini boshlab beradi. LG SIGNATURE OLED TV R (65R9 modeli) — televizion texnikalar orasida yangi so‘zdir: televizor o‘zgaruvchan form-faktorga ega bo‘lib, LG OLED-texnologiyasi sabab haqiqatga aylandi. LG kompaniyasining ajoyib mahsuloti — faqatgina muhandislik san’ati namunasi emas, chunki u form-faktordagi tasvir va ovozning eng mukammal sifatini taklif etadi. Bu uy televizorlari foydalanuvchilariga tomosha qilish uchun cheksiz kenglikni hosil qilish imkoniyatlarini kashf etadi.

Televizorlarning zamonaviy ekranlari ularning o‘lchamlari ko‘tarilgani sayin, tobora kengayib borayotgani barobarida mijozlar yanada ko‘proq qiziqarli tomosha hissiyotlarni xohlashardi. Buning aks ta’siri shundan iborat ediki, televizor foydalanilmayotgan vaqtda ulkan zimiston panellar xonani yutib yuborayotganday tasavvur uyg‘otardi. Hatto, zamonaviyroq televizorlar ham iste’molchilar istaganidek qora tusni taqdim eta olmaydi.

Ishlab chiqaruvchilar yirik televizorlarni imkon qadar sezilarsiz qilishga urinish yo‘lida nomunosib dizayn foydasiga tobora yupqa ekranlarni ishlab chiqarmoqda. LG o‘tgan yili LG SIGNATURE OLED TV W televizorini taqdim etish bilan ekranning soddaligiga e’tibor qaratar ekan, televizor haqidagi an’anaviy tasavvurlarni butunlay o‘zgartirib yubordi.

Yangi mahsulot “yopishuvchitelevizor” deb atala boshlandi, LG esa, televizor o‘zida ham samaradorlik, aniqlik va nafislikni mujassam eta olishini isbotladi. LG kompaniyasining so‘nggi ishlanmasi bu yutuqni yangi darajaga ko‘taradi. LG shunday ekranli televizor ishlab chiqdiki, u go‘yoki sehrli ravishda paydo bo‘lishi va g‘oyib bo‘lishi mumkin. Bu mantiqni kurashga chorlovchi inqilobiy innovatsiyadir. Yangi LG SIGNATURE OLED TV R televizoridagi R harfi revolution — ya’ni, uy kinoteatrlari sinfida inqilob so‘zini hamda redefining — birgina tugmacha bilan ochiladigan va yopila oladigan xususiyati kenglikni ro‘yoga aylantira oladi.

Egiluvchan OLED-televizori foydalanuvchilarni devorlar cheklovlaridan qutqarish va o‘z hududlarini shakllantirishga imkon berish orqali chin ma’noda o‘yin qoidalarini o‘zgartirib yubormoqda. Bundan keyin xonaning ma’lum bir hududi faqat televizor uchun ajratilmaydi. LG SIGNATURE OLED TV R tomosha qilishning Full View (to‘liq tomosha), Line View (lini-yali rakurs) va Zero View (yo‘q rakurs) kabi tomosha qilishning 3 xil formatini taqdim etish barobarida shaklini ham o‘zgartira oladi. Bu esa, iste’molchilarga OLED-texnologiyalar davrigacha foydalanish imkonsiz bo‘lgan uslubda qo‘llash imkonini beradi.

Full View formati LG televizorlarining ajralmas qismiga aylangan tiniqlik, chuqurlik va reallikning eng yuqori darajasini namoyish etish bilan keng ekranli tasvirlarni tomosha qilishni taklif etadi. LG’ning ikkinchi avlod α (Al-pha) 9 aqlli protsessorlari va chuqur o‘rganuvchi algoritmlari yordamida ushbu televizorning ajoyib tasvir va ovoz sifatini ta’minlanadi va o‘z tasnifida o‘ziga xos texnikaga aylantiradi. Foydalanuvchilar ovozli boshqaruv yordamida Amazon Alexa topshiriqlarini bajara olishadi, LG’ning 2019-yildagi sun’iy intellektga ega televizorlari, shuningdek, Apple AirPlay 2 va HomeKit moslamalariga ham ega bo‘ldi. Foydalanuvchilar AirPlay 2 bilan iTunes va boshqa videoilovalar videolarini osonlik bilan tomosha qila oladi.

Bundan tashqari Apple qurilmasidagi musiqa va fotolarga bevosita LG SIG-NATURE OLED TV R orqali bog‘lanish mumkin. Foydalanuvchilar, Apple HomeKit vositasi borligi tufayli LG TV qurilmasini Home ilovasi yoki Siri ovozli buyruqlari yordamida boshqara olishadi.

LG SIGNATURE OLED TV R televizori Line View tartibida qisman yopib qo‘yilishi mumkin. Bu barcha ekranga zarurat bo‘lmaganda juda qo‘l keladi. Foydalanuvchi Line View tartibida Clock (Soat), Frame (Fotorom), Mood (Kayfiyat), Music (Musiqa) va Home Dashboard (Boshqaruv paneli) kabilar-dan foydalana oladi. Vaqt va ob-havoni bilish uchun “Soat” funksiyasi qo‘l keladi, “Fotorom”dan oilaviy fotosuratlarni tomosha qilishda foydalanish mumkin. “Kayfiyat” kishining dam olishiga yordam beradigan muhitni taqdim eta oladi.

Zero View tartibida esa, LG SIGNATURE OLED TV R televizorining barcha 65 dyumi taglikka yashirinadi. Biroq, foydalanuvchilar, shu holatda ham 100 Vtlik 4.2 kanalli Dolby Atmos audiotizimi orqali musiqa hamda ovozli kontentlardan foydalana oladi. Mahsulotning har bir detali yuqori toifali eka-nini yaqqol namoyon etib turadi. Korpusning silliqlangan alyuminiy yuzasi-dan tortib, dinamiklarlarning yuqori sifatli junli qoplamasi Daniyaning Kvadrat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Reklama huquqi asosida