Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi, viloyat hokimligi, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Festivalda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, huquq-tartibot idoralari rahbarlari, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, keng jamoatchilik vakillaridan iborat 30 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Foto: “Daryo”

Dala o‘quv maydoni bo‘ylab harbiy xizmatchilarning saf ko‘rigi o‘tkazildi. Harbiy texnika namunalari, jangovar shaylikka tayyorlovchi qurol-aslahalar, askarlarning turmush tarzini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Unda yoshlar harbiy texnika, qurol-aslaxa va boshqa maxsus vositalar bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilar zamonaviy harbiy texnikalarning taktik-texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlar, milliy gvardiya, ichki ishlar, “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klubi tomonidan O‘zbekiston armiyasi salohiyati, havo sarhadlari qudrati haqida harbiy namoyish tayyorlandi.

Foto: “Daryo”

Harbiylar tomonidan harbiy-jangovar chiqishlar namoyish qilindi. Sharqiy harbiy okrug harbiy orkestri tomonidan harbiy-vatanparvarlik mavzusida konsert dasturi o‘tkazildi.

Foto: “Daryo”

“Festivalga o‘zimiz yasagan avia, raketa va kema modellarini olib keldik. Odatda, jangovar qurollar va harbiy texnikalarni faqat televizorda ko‘rardik. Bugun esa ulardan qanday foydalanish bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘ldik. Bunday tadbirlar biz, yoshlarni Vatanimiz, Qurolli Kuchlarimiz bilan faxrlanishga undaydi”, – deydi Farg‘ona shahar “Vatanparvar” o‘quv-sport texnika klubi a’zosi Hikmatillo Meliqo‘ziyev.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”