Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov lavozimini saqlab qolgan holda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

U mazkur oliy ta’lim muassasasining birinchi rektori hisoblanadi.

Aziz Abduhakimov 2014—2017-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Undan avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

U 2017-yil avgust oyida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi vazifasida ish boshladi.

2018-yilning may oyida Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlandi va ayni paytda shu yo‘nalishdagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti Prezidentning 2018-yil 28-iyundagi qarori asosida tashkil etilgandi.