12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-tur uchrashuvlari “Vest Hem”—“Arsenal” o‘rtasidagi London derbisi bilan boshlandi.

Foto: The Irish Times

“London” stadionida kechgan bahsda Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubi Manuel Pellegrini boshliq “Vest Hem” jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yagona golga 48-daqiqada Deklan Reys mualliflik qildi.

Shu tariqa “to‘pchilar” ushbu turda ochko yo‘qotdi.

APL

22-tur bahslari

12-yanvar, shanba

“Vest Hem” – “Arsenal” 1:0

Gol: 1:0 – 48 Rays.

“Vest Hem”: Fabyanski, Sabaleta, Diop, Obinze Obonya, Kressuell, Nobl, Reys, Antonio (Mba Obiang, 82), Nasri (Snodgrass, 71), Anderson, Arnautovich (Kerroll, 71).

“Arsenal”: Leno, Mustafi (Remsi, 59), Papastatopulos, Koselni, Meytland-Nils (Belyerin, 69), Gunduzi, Jaka (Torreyra, 59), Kolashinats, Obameyang,Ivobi, Lakazett.

Ogohlantirishlar: Mustafi (46), Kolashinats (60).

APL  21-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!