Las-Vegas politsiyasi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Foto: Google Images

Politsiya Ronalduni zo‘rlashda ayblagan ayolning (Ketrin Mayorga) libosidagi namunalar bilan o‘yinchining genetik tahlillarini taqqoslaydi.

Las-Vegas politsiyasi vakillari allaqachon orderni Italiya sud xizmatiga yuborgan.

2018-yilning sentabrida amerikalik model Ketrin Mayorga 2009-yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlagani haqida ma’lum qilgandi.

Keyinchalik 2010-yilda Mayorga futbolchining advokatlari bilan kelishuv shartnomasini imzolagan va jim yurishi uchun 375 ming dollar olgani haqida xabar berildi. 2018-yil sentabr oyida esa politsiya ishni qaytadan ochdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!