O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “Mamlakatimizda saylov qonunchiligi: kecha va bugun” mavzusida Respublika bo‘yicha videoselektor shaklida seminar (vebinar) tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Yakubov, Milliy gvardiya Toshkent harbiy-texnik instituti dotsenti Sherzod Zulfiqorov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Vebinarda milliy saylov qonunchiligi, uning tarixi va istiqbollari, shuningdek, joriy yil yakunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovlarda yoshlarning o‘rni va roli borasida fikr-mulohazalar yuritildi.

Tadbirda saylov tizimini takomillashtirish jarayoniga aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganligini yoshlarning siyosiy va fuqarolik faolligini kuchaytirish, yigit va qizlarda mamlakat va xalq taqdiriga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risida fikr bildirilib, saylov jarayonining shakllanishi, mavjud muammolar, saylov qonunchiligidagi yangiliklarga to‘xtalib o‘tildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Jumladan, saylovchilarning elektron ba’zasi yaratilishi va unda 18 yoshga to‘lgan, saylash huquqiga ega fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilishi ma’lumotlarning aniq va to‘liqligini ta’minlashi qayd etildi.