Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasiga qarashli 7534-harbiy qismda Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatda o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar, san’at namoyondalari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda o‘quvchilarga harbiylarning hayoti va faoliyati, ish jarayonidagi qiziqarli voqealar, shug‘ullanish tartibi haqida gapirib berildi. Shuningdek, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

– Milliy armiya jamiyatimizning ajralmas qismiga hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda, – deydi qism komandirining tarbiyaviyvamafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik O.R.Anarqulov. – Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyati, sohasi va kasbidan qat’i nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchidir. Aynan shu sababli mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni bayramini nishonlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda maktab o‘quvchilari ham chinakam vatanparvarlik yo‘lidagi ilk intilishlari aks etgan chiqishlarini namoyish etdi.