AQSh prezidenti Donald Tramp xotini bilan ajrashayotgan Amazon asoschisi Jeff Bezosga omad tiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: TJournal

“Unga omad tilayman. Bu juda ajoyib bo‘ladi”, — deya kinoya qildi Tramp.

Oldinroq Tramp Bezos va unga tegishli The Washington Post gazetasini tanqid ostiga olgandi. Shuningdek, u AQSh pochta xizmatidan Amazon kompaniyasidan jo‘natmalar uchun olinayotgan to‘lovlarni oshirishni talab qilgan.