Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamkorligida “Zamon bilan hamnafas: Ustoz-shogird an’analari” mavzusida sartaroshlik kasbi bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Unda respublika bo‘yicha kelajakda yetuk sartarosh bo‘lishni niyat qilgan yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda malakali sartaroshlar tomonidan yoshlar uchun master-klass o‘tildi.

Foto: O‘zA

“Sartaroshlik kasbi bilan 8 yildan buyon shug‘ullanaman, — deydi Samarqand shahridan kelgan sartarosh Rohila Hayitova. — Menga asosan kelinlar obrazini yaratish yoqadi. Mahorat darslari davomida hamkasblarim bilan tajriba almashdik. Mohir sartaroshlardan kasbimizning yanada nozik qirralarini o‘rgandik. Bu, albatta, bizning kelgusi ish jarayonlarimizda qo‘l keladi”.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA