Ikki davlat chegaralarida yangi nazorat punktlari ochilishi to‘g‘risida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘tgan yilning avgust oyida Toshkentga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlarda kelishuvga erishilgan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Foto: “Asia-Plus”

Tojikiston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, chegara punkti xalqaro maqomga ega bo‘lmaydi, u ikki davlat fuqarolariga va ular orasidagi transport qatnoviga xizmat qiladi.

Yangi punkt kunduzgi vaqtda faoliyat yuritadi.

Tojikiston va O‘zbekistonning chegara idoralari ikki davlat chegaralarida yangi nazorat punktlari ochish masalasini o‘rganishda davom etadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda ikki davlat chegarasida uchdan 15 tagacha yangi nazorat punktlari ochilishi mumkin.

Yangi nazorat punktlari Tojikiston va O‘zbekistonning chegara hududlari aholisi o‘rtasidagi munosabatlarning yanada barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi va ikki davlat o‘rtasidagi boshqa chegara postlarida navbat oqimini kamaytiradi.

2002-yilda imzolangan hukumatlararo bitimga ko‘ra, Tojikiston va O‘zbekiston chegaralarida 16 ta nazorat punkti, shu jumladan, to‘qqizta xalqaro maqomga ega bo‘lgan nazorat punkti o‘rnatilgan.

Ularning aksariyati 2000-yillarning o‘rtalarida ikki tomonlama munosabatlarning zo‘rayishi oqibatida yopilgan va o‘tgan yilning boshiga qadar faqat ikkita nazorat punkti faoliyat yuritgan.

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahriga davlat tashrifi oldidan 16 ta nazorat punkti to‘liq faoliyatini tiklagan.