Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. U yerda Prezident Imom Buxoriy maqbarasi va Hadis ilmi maktabida bo‘ldi, Samarqandda yangi qurilgan uylardagi xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi, Toyloq tumanidagi Pet Agro Oil qo‘shma korxonasini ko‘zdan kechirdi, Samarqanddagi Konfutsiy maydonini borib ko‘rdi.

Shuningdek, Samarqandda Prezident ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.